Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida huquq-tartibot organlari narkotik moddalarni zaxkala orqali sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatini fosh etdi. Ushbu operatsiya davomida alfa-PVP, marixuana, geroin va 5F-APINACA kabi moddalar musodara qilindi.

“Xavfsiz va sog‘lom mamlakat” operativ-profilaktik tadbiri doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona xodimlari Sergeli tumanida yashovchi 33 yoshli erkakning avtomobili va uyini tekshirdi.

Tekshiruv davomida 1,1 kilogramm alfa-PVP, 1,9 kilogramm marixuana, 65 gramm geroin va 16 gramm 5F-APINACA topilib, musodara qilindi. Shuningdek, giyohvand moddalarni qadoqlash uchun ishlatilgan paketlar va tarozilar ham aniqlangan.

Keyinchalik, 38 yoshli ayol ham qo‘lga olindi. U erkakka narkotiklarni zaxkala orqali tarqatish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Ayol avvalroq ham narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Ikkala shaxsga nisbatan narkotik vositalarni noqonuniy saqlash va sotish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi. Tergov davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda uch nafar xorijiy fuqaro zaxkala orqali narkotik tarqatishda gumonlanib qo‘lga olingan edi. Ulardan ikki kilogrammga yaqin taqiqlangan modda musodara qilingan.

Source: podrobno.uz