Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, joriy hafta davomida O‘zbekiston hududida havo juda issiq bo‘ladi. Kunduzgi harorat +37…+40 daraja atrofida kuzatiladi, 12-13-avgust kunlari esa ba’zi joylarda +41…+42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Kechalari havo harorati asosan +21…+26 daraja bo‘lib, kun davomida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq dushanba kunduzi Toshkent viloyatida va haftaning ayrim kunlarida respublikaning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Shimolda, cho‘l hududlarda va 14-avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida dushanbaning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-14-avgust kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda havo harorati kechalari +23…+26 daraja, kunduz kunlari +37…+40 daraja, 12-13-avgustda esa +41 darajagacha ko‘tariladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Source: www.gazeta.uz