Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona majmuasining kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi navbatdagi tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida Toshkentda kuzatuv ostidagi fuqaroning avtomobili to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv natijasida bolalar sharbati qutisida umumiy og‘irligi taxminan 11 gramm bo‘lgan 20 ta o‘ram giyohvand modda borligi aniqlandi.

Keyinchalik fuqaroning uy-joyi guvohlar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. U yerda geroin, mefedron, marixuana va boshqa turdagi giyohvand moddalar umumiy og‘irligi 3,15 kilogramm bo‘lgan holda topildi.

Operativ tadbirlar davom ettirilib, taqiqlangan moddalarning asl egasi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Hozirda ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Source: uznews.uz