Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Namangan shahridagi uylardan birida yashirin dori ombori aniqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 13,2 ming dona, 56 xil nomdagi dori vositalari topilgan.

Ushbu dorilar sanitariya talablariga rioya qilmagan holda saqlangan va ularning kelib chiqishi hamda sifati to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmagan. Olib qo‘yilgan partiyaning qiymati 577,4 million so‘mni tashkil etgan.

Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan. 30 yoshli fuqaro ushbu dorilarni keyinchalik sotish maqsadida saqlab kelgan.

Olib qo‘yilgan dorilar orasida "Sefotaksim", "Bifidumbakterin", "Atropin", "Tidomet forte" kabi preparatlar bor. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, dori partiyasi qo‘shni respublikadan chetlab o‘tish yo‘llari orqali olib kelingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan sifatsiz dori vositalarini noqonuniy aylanishi va saqlash moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Rossiyadan olib kelingan kontrafakt dori vositalari kanali to‘xtatilgan edi. O‘shanda 29 xil dori turi, qiymati 600 million so‘m atrofida bo‘lgan preparatlar aniqlangan edi.

Source: podrobno.uz