O‘zbekiston Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatda 7,7 million kvadrat metr yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,2 foizga ko‘p.
Eng ko‘p uy-joy Toshkent viloyatida qurilgan – 984,1 ming kvadrat metr. Ikkinchi o‘rinda Buxoro viloyati – 978,5 ming kvadrat metr. Xorazmda 797,0 ming, Surxondaryoda 699,9 ming, Namanganda 697,1 ming, Farg‘onada esa 691,2 ming kvadrat metr uy-joy topshirilgan.
Qashqadaryoda 510,4 ming, Toshkent shahrida 493,3 ming, Qoraqalpog‘istonda 463,7 ming kvadrat metr uy-joy qurilgan. Jizzaxda 396,7 ming, Andijonda 373,8 ming, Navoiyda 353,7 ming kvadrat metr.
Eng kam ko‘rsatkich Samarqand viloyatida – 200,3 ming kvadrat metr, Sirdaryoda esa atigi 63,2 ming kvadrat metrni tashkil etdi. Bu hududlar orasidagi farq qurilish faolligining notekisligini ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yong‘in va tabiiy ofatlardan keyin uy-joyni tiklashda yordam olish huquqiga ega bo‘lganlar haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz