Andijon viloyati Izboskan tumanida huquq-tartibot organlari xodimlari 11 kilogrammdan ortiq marixuanani sotishga urinayotgan shaxsni qo‘lga oldi.
Ma’lum qilinishicha, erkak giyohvand moddani qabriston hududida 6 million so‘mga sotish vaqtida ushlangan. U, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali xaridorlar izlab, mahsulot videolarini yuborgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi (“Giyohvandlik vositalarining qonunga xilof ravishda muomalasi, katta miqdorda”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. Tergov davom etmoqda.
Avvalroq, Toshkent aeroportida Urta Chirchiq tumanining 24 yoshli fuqarosi Bangkokdan 978 gramm nasha yog‘i va taxminan 500 gramm psixofaol moddali qo‘ziqorinlarni olib o‘tmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Source: podrobno.uz