Bir necha kundan so'ng O'zbekiston maktablarida yangi o'quv yili boshlanadi. Shu kunlarda eng ko'p xarid qilinadigan mahsulotlardan biri maktab sumkalaridir. O'quvchilar uchun sumka tanlashda nimalarga e'tibor qaratish kerak?
Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati noto'g'ri tanlangan yoki haddan tashqari og'ir ryukzak bolaning umurtqa pog'onasi va mushaklariga ortiqcha yuklama tushirishi mumkinligini eslatib, sumka tanloviga oid maslahatlar bilan bo'lishdi.
Infografika: SSV
O'lchami mos: bolaning orqa qismiga qulay joylashishi kerak.
Tasmalari keng va yumshoq: yelkalarga bosimni kamaytiradi.
Matosi suv o'tkazmaydigan: yomg'ir va namlikdan himoya qiladi.
Ryukzakning umumiy og'irligi bola vaznining 10−15 foizidan oshmasligi kerak.
Source: www.gazeta.uz