Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston iyul oyida tanaffusdan so‘ng oltin eksportini qayta tikladi va 1,3 mlrd dollarlik qimmatbaho metall yetkazib berdi. Bu Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlaridan kelib chiqmoqda.

Yanvar−iyul oylarida tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga o‘sib, 49,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport 3,6 foizga qisqarib, 19,9 mlrd dollarga tushdi, import esa 17,8 foizga o‘sib, 29,6 mlrd dollarga yetdi.

Yetti oylik tashqi savdoning salbiy saldosi qariyb 9,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, oltinni hisobga olmagan holda tovarlar eksporti 9,8 mlrd dollarga yetdi — bu bir yil oldingiga nisbatan 27,7 foizga ko‘p.

Yanvar−iyul oylarida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 1,9 mlrd dollarni tashkil etdi. To‘qimachilik umumiy eksport hajmining 9,5% foizini egalladi, yetkazib berish esa 2025-yilning mos davriga nisbatan 26,6 foizga oshdi.

Iyul oyida O‘zbekiston 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Yil boshidan beri uni yetkazib berish hajmi 2,8 mlrd dollardan oshdi. Eksportda qimmatbaho metallning ulushi deyarli uch baravarga kamayib, 14,1 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davrida oltinga eksportning 36,7 foizi to‘g‘ri kelgan va yetkazib berish hajmi 7,6 mlrd dollarga yetgan edi (4,8 mlrd dollarga yoki 2,7 baravarga ko‘p).

Shu bilan birga, eksportning boshqa tarkibiy qismlari ulushi oshdi: xizmatlar umumiy hajmning 36,8 foizini (bir yil oldingi 26,2 foizga nisbatan), sanoat tovarlari 14,4 foizini (11,3 foizga nisbatan), turli tayyor mahsulotlar 8,4 foizini (4,3 foizga nisbatan) ta’minladi.

2026-yilda oltin eksporti faqat ikki marta — aprel va iyul oylarida qayd etildi. Bungacha O‘zbekiston oxirgi marta oltinni chet elga 2025-yilning sentabr oyida taxminan 1,5 mlrd dollarga yetkazib bergan edi.

Source: www.gazeta.uz