Toshkent shahrida xususiy bank xodimlari tomonidan mijozning hisobvarag‘idan noqonuniy ravishda 300 ming dollar yechib olingani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida qonunbuzarlik fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro bankka 500 ming dollar miqdorida omonat joylashtirgan. Keyinchalik aniqlanishicha, mas’ul xodimlar uning ishtirokisiz zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, 300 ming dollarni yechib olishgan. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“O‘zlashtirish yoki rastrata”) va 228-moddasi (“Hujjatlarni qalbakilashtirish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, o‘g‘rilikka aloqador shaxslar doirasi aniqlanmoqda.
Avvalroq Andijon viloyatida ham shunga o‘xshash holat yuz bergan edi: xususiy bank filialining bosh mutaxassisi fuqarodan pul olib, chetga chiqish taqiqini bekor qilishga yordam berishini va’da qilgan. Bu holat bank tizimidagi korrupsiya va firibgarlik xavflarini yana bir bor ko‘rsatadi.
Source: podrobno.uz