Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Andijon viloyatiga boradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Prezident hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishadi. Shuningdek, mahallalardagi bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechiriladi.

Safar davomida qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Unda hududni rivojlantirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Source: www.gazeta.uz