Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) O'zbekiston iqtisodiyotining o'sish sur'atlari bo'yicha o'zining yangilangan hisobotini taqdim etdi. Unga ko'ra, kelgusi yillar uchun ijobiy ko'rsatkichlar qayd etilib, 2026-yil uchun YaIM o'sishi avvalgi 6,8 foizdan 7,8 foizgacha oshirib baholandi. Shuningdek, 2027-yil uchun iqtisodiy o'sish prognozi ham 6 foizdan 6,5 foizgacha ko'tarildi.

Shu bilan birga, taqdim etilgan rasmiy ma'lumotlarda inflyatsiya darajasi bo'yicha ham o'zgarishlar borligi ko'rsatilgan. 2026-yilda iste'mol narxlari 6,9 foizga, 2027-yilda esa 5,7 foizga oshishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, XVJning aprel oyidagi hisobotida 2026-yilda inflyatsiya 6,8 foiz, 2027-yilda esa 5 foiz darajasida bo'lishi taxmin qilingan edi.

Mutaxassislar bandlik va tashqi savdo sohasidagi ko'rsatkichlarga ham e'tibor qaratishdi. Xususan, ishsizlik darajasi bosqichma-bosqich pasayishi prognoz qilinmoqda: 2025-yil yakunida bu ko'rsatkich 4,8 foizni tashkil etishi kutilgan bo'lsa, 2026-yilda 4,3 foizgacha, 2027-yilda esa 3,8 foizgacha kamayishi aytilmoqda.

Biroq, joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi bo'yicha xavotirli o'sish kuzatilmoqda. Yangilangan baholarga asosan, manfiy saldo 2026-yilda mamlakat iqtisodiyotining 5,1 foizini, 2027-yilda esa 4,6 foizini tashkil etishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, 2025-yilda mazkur taqchillik 3,9 foiz darajasida baholangandi.

Source: kun.uz