12-oktabr kuni favqulodda vaziyatlarning 112 qisqa raqamiga Toshkent shahri Olmazor tumanidagi koʻp qavatli uylardan birining xonadonida voyaga yetmagan qizning jasadi topilgani haqida xabar kelib tushgan. Mazkur fojiqli holat jamoatchilikda katta xavotir uygʻotib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar eʼtiborini tortdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovning maʼlum qilishicha, fojia qurboni 16 yoshli M.R. ekanligi aniqlangan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, marhumaning voyaga yetmagan ukasi xonadon eshigi qulflanganini koʻrib, balkon orqali ichkariga kirgan va opasining jasadini osigʻliq holda topgan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari qizning vafot etganini rasman qayd etishdi. Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, fojia sabablari oʻrganilmoqda.
Source: uznews.uz