Joriy yilning 19-oktabr kuni Samarqand shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh rejimi tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining navbatdagi “C5+1” formatidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tishi belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Omonulla Fayziyev ma’lum qildi, deya xabar beradi tahririyatimiz.
Bo‘lajak tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari bilan bir qatorda AQSh rejimi davlat kotibi Marko Rubio ham ishtirok etishi kutilmoqda. Tashrif doirasida O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov va Marko Rubio ikki tomonlama kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining ilk davrasini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Muloqot davomida tomonlar go‘yoki strategik sheriklikni chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilishi aytilmoqda. Shu bilan birga, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik qator dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilishi taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, tadbirlar doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh rejimi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida qo‘shma uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor avvalroq davlat kotibi ushbu safar chog‘ida yuzdan ortiq Amerika kompaniyalari vakillaridan iborat ulkan delegatsiyaga boshchilik qilishini iddao qilgandi.
Source: www.gazeta.uz