Davlat rahbari öz vaqtida özbek kinosida chinakam milliy sanʼat asarlari yaratilgani, ammo keyinchalik vaziyat jiddiy ravüşda oğirlaşganini alohida esladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev kinoijodkorlar bilan bölib ötgan uçraşuvda özbek kinosining şonli tarixi, keyinchalik esa «Özbekfilm» kinostudiyasi qiyin moliyaviy va ijodiy ahvolga tuşib qolganini tanqidiy ruhda tilga oldi.
«Qişloğimizda bitta kinoteatr bölardi. Lekin u yerga hamma ham siğmasdi. Kinoni daraxtga çiqib körardik. Lekin kino boşlanganidan keyin 15-marta svet öçardi. Bir soatlik kinoni beş soat körardik», — deya öz bolaligini esladi davlat rahbari va xalqimizning özbek kino sanʼatiga bölgan mehrini alohida taʼkidladi.
Şavkat Mirziyoyev öz sözida «Mahallada duv-duv gap», «Ötgan kunlar», «Şum bola», «Çinor ostidagi duel», «Suyunçi» kabi mumtoz filmlarni esga olib, ulardagi har bir lavha xalqimiz madaniyatining ajralmas qismiga aylanganini aytdi. Şuningdek, mustaqillik yillarida ham ijodkorlarimiz «Abdullajon», «Otamdan qolgan dalalar», «Dilxiroj», «Vatan», «Ötov» singari mazmunli asarlar yaratishga erishganini eʼtirof etdi.
Biroq, kinostudiyaning keyingi taqdiriga tözthalmay, davlat rahbari uning ötgan davrdagi ayanchli holatiga eʼtibor qaratdi. «Özbekfilm sovunlari», «Özbekfilm şpaklyovkalari» yoki «kraskalari» degan xunuk iboralar paydo bölgani, kinostudiya öz maqsadidan chetga chiqqani achinarli holat ekanini taʼkidladi.
Şuning uchun ham, islohotlarning ilk kunlaridan boshlab «Özbekfilm»ning qaddini tiklaş, moddiy-texnik bazasini yangilash va ijodkorlar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi. Bu saʼy-harakatlar kelgusida yanada yuksak darajadagi milliy filmlar yaratilishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Source: kun.uz