Poytaxtimizda madaniy hayotning navbatdagi yirik voqealaridan biriga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tashkent shahrida mashhur xonanda Zivert va o‘zbek estradasining yorqin yulduzi Rayhon ishtirokida grand konsert dasturi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Rossiyalik ijrochi Sankt-Peterburgdagi stadion shousidan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentga tashrif buyurmoqda.
Tashkilotchilarning ma'lum qilishicha, shuningdek, tomoshabinlar e'tiboriga oper xonandasi Milena Madmusayeva va Bravo Orchestra ijrosidagi betakror simfonik dastur havola etiladi. Rayhon esa o‘z muxlislari uchun maxsus jonli ijrodagi musiqiy dasturini taqdim etishi rejalashtirilgan.
Tadbir doirasida mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, dasturning welcome-zonasi soat 15:00 da o‘z ishini boshlaydi. Asosiy konsert dasturining boshlanishi esa soat 18:00 ga belgilangan bo‘lib, barcha qiziquvchilar chiptalarni iTicket.uz platformasi orqali xarid qilishlari mumkin.
Source: www.uznews.uz