Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Poytaxtda bo'lib o'tgan yirik kiberxavfsizlik xakatonining final bosqichiga 15 ta jamoa va 60 nafar ishtirokchi yetib keldi. Musobaqaning dastlabki startida esa jami 22 ta jamoa o'z kuchini sinab ko'rish uchun yig'ilgan edi.

Ikki kun davomida ishtirokchilar maxsus tayyorlangan kiberpoligonda mehnat qilishdi. Ular bank ilovalari va marketpleyslar kabi beshta muhim raqamli xizmatni turli kiberhujumlardan himoya qilish vazifasini bajarishdi.

Har bir platforma o'ziga xos yondashuvni talab qildi. Mutaxassislar tahdidlarni tahlil qilib, biznes-mantiqdagi zaifliklarni qidirdilar hamda xizmatlarning barqarorligini ta'minlagan holda himoya tizimini qurdilar.

Yakuniy natijalarga ko'ra, 60 million so'mlik mukofot jamg'armasi o'z egalarini topdi. 1-o'rinni SY4OR3S jamoasi egallab, 30 million so'm yutib oldi, ikkinchi o'rin /mnt/unskill jamoasiga (20 million so'm) va uchinchi o'rin 404 not found jamoasiga (10 million so'm) nasib etdi.

Source: uznews.uz