Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

25-oktabr kuni Toshkent shahridagi Magic City bog‘ida tanish brend Chococream’ning 20 yillik yubileyiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli oilaviy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu sana shunchaki vaqt o‘lchovi emas, balki minglab oilalarning xotiralari va avloddan avlodga o‘tib kelayotgan an’analar tarixidir.

2006-yilda o‘z faoliyatini boshlagan mazkur brend bugungi kunda ko‘plab O‘zbekistonliklar uchun qadrli bo‘lib qolgani aytilmoqda. Ilgari bolaligida bu shirinlikdan bahramand bo‘lganlar bugungi kunda o‘z farzandlari bilan shu damlarni baham ko‘rayotgani ta’kidlandi.

Bayram munosabati bilan Magic City hududida ertakona muhit yaratilib, rang-barang dekoratsiyalar va tematik maydonchalar tashkil etildi. Tadbirda 2400 dan ortiq kishi ishtirok etib, turli interaktiv o‘yinlar, tanlovlar hamda shirin sovg‘alardan bahramand bo‘lishdi.

Source: kun.uz