Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Oʻzbekiston Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi oʻtgan sentabr oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot taqdim etdi. Unga koʻra, hisobot davrida jami 4 401 nafar oʻzbekistonlikning ogʻir vaziyatlardan chiqib, vatanga xavfsiz qaytishiga yaqindan koʻmaklashilgan. Shuningdek, turli qiyin ahvolda qolgan 983 nafar fuqaroga zarur bir martalik moddiy yordam mablagʻlari ajratilgan.

Qayd etilishicha, bir oy mobaynida Rossiya hududidagi hamyurtlarimizga huquqiy va ijtimoiy yoʻnalishlarda keng qamrovli xizmatlar koʻrsatilgan. Xususan, 5 715 ta alohida holatda malakali huquqiy maslahatlar berilib, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralari koʻrilgan. Agentlik koʻmagi bilan yashash, ishlash, tibbiy hamda huquqiy xizmatlar bilan bogʻliq boʻlgan koʻplab xarajatlar qoplab berilgan.

Xususan, taqdim etilgan statistik maʼlumotlarga koʻra, 409 ta holatda vaqtinça yashash va ishlash joyi xarajatlari toʻliq qoplangan. Shuningdek, 171 ta holatda advokatlik xizmatlari hamda boshqa tashkilotlarning idoraviy toʻlovlari amalga oshirilgan, 19 nafar fuqaroning esa tibbiy xarajatlari qoplanishi taʼminlangan.

Bundan tashqari, 329 nafar fuqaroga zarur ijtimoiy yordam koʻrsatilib, ularni yangi ish oʻrinlariga joylashtirish choralari koʻrilgan. Rasmiy idoralar Rossiyada mehnat huquqlari va boshqa migratsiya masalalari boʻyicha qiyinchiliklarga duch kelgan fuqarolar vakolatxonaning tunu kun ishlaydigan +7 (495) 803-40-00 raqamli koll-markaziga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtdi.

Source: kun.uz