Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Poytaxtimizda intellektual o‘yinlarni targ‘ib qilishga qaratilgan V «Zakovat Gambit» shaxmat musobaqasining hal qiluvchi final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbirga dunyoning taniqli grossmeysterlari, jumladan hindistonlik Koneru Hampi va vengriyalik Peter Leko faxriy mehmon sifatida taklif etildi. Musobaqaning dastlabki saralash bosqichlarida respublika bo‘ylab olti mingdan ortiq isteʼdodli shaxmatchilar o‘zaro bahs olib borgan edi.

Tadbir doirasida so‘z olgan mashhur grossmeyster Peter Leko O‘zbekiston terma jamoasining so‘nggi yillardagi ulkan yutuqlari va mamlakatda shakllanib borayotgan yangi shaxmat maktabiga yuqori baho berdi. U Samarqandda o‘tkazilgan nufuzli musobaqalarni eslab, o‘zbekistonlik yosh sportchilarning xalqaro maydonlardagi g‘alabalari mutlaqo qonuniy va munosib ekanini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Shuningdek, musobaqaning maxsus mehmoni Koneru Hampi ham o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilarning salohiyatiga yuqori baho berib, ularning mahoratidan hayratda qolganini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, mahalliy hokimiyat organlari va homiylar tomonidan ko‘rsatilayotgan tizimli ko‘mak kelajakda yanada yorqin g‘alabalarni taʼminlash uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Source: kun.uz