Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahridagi ikkita nufuzli akademik liseyda o‘quvchilarni atom energetikasi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitishga tayyorlashga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan sinflar ochilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha Milliy tadqiqot yadro universiteti (MIFI) Moskva muhandislik-fizika institutining Toshkent shahridagi filiali tomonidan amalga oshirilayotgani ma'lum qilindi.

“O‘zatom” agentligining xabar berishicha, gap Rossiya davlat neft va gaz universitetining I. M. Gubkin nomidagi akademik liteyi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi “International House-Tashkent” liteyi haqida bormoqda. Mazkur ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha rasmiy memorandumlar imzolangan.

Ta'lim dasturiga muvofiq, o‘quvchilar fizika, matematika va informatika fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘zlashtiradilar, shuningdek, atom energetikasi texnologiyalari bilan yaqindan tanishadilar. Dastur doirasida mutaxassislar tomonidan maxsus ma'ruza va seminarlar o‘tkzilishi, o‘quvchilar turli fan olimpiadalari hamda kasbga yo‘naltirish tadbirlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Hozircha yangi ixtisoslashtirilgan sinflarning ish boshlash muddati va ularga qabul qilinadigan o‘quvchilarning aniq soni haqida ma'lumot berilmagan. Shuni ta'kidlash joizki, avvalroq “O‘zatom” agentligi huzuridagi atomchilar shaharchasini qurish direksiyasiga Siroj Bekchanov rahbar etib tayinlangan edi.

Source: podrobno.uz