Özbekiston çempioni maqomidagi Farğonaning «Neftçi» klubi Elit Osiyo Çempionlar Ligasi guruh bosqiçining navbatdagi turida Eronning «Traktor» jamoasiga qarşi maydonga tuşdi. Maskat şahridagi «Sulton Qobus» stadionida boştan keçgan uşbu murakkab bellasuv tomonlarning murosasiz kurashiga boy böldi va yakunda 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvning asosiy qismi mezbonlar ustunligidan köra farğonaliklarning faolligida ötdi. Ikkinchi bölim boshida, aniqrog‘i 55-daqiqada hujumchi Stipe Peritsa hisobni oçib, jamoamizni oldinga olib çıqdi. Oradan köp ötmay, 61-daqiqada eronliklar himoyachisi Farşod Farajiy raqibga nisbatan qöpol öynagani uçun bosh hakam tomonidan qizil kartoçka bilan jazolandi va maydondan çetlatildi. Şulardan söng «Neftçi»üstunlikni yanada kuchaytirgandek tuyuldi.
Biroq raqib jamoa kamchilikda qolganiga qaramay, oxirigacha kurash olib bordi. 82-daqiqada Tomislav Ştrkali hisobni tenglaştirishga muvaffaq bölgan bölsada, hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda zahiradan maydonga tuşgan Vladimir Yovoviç uzoq masofadan öta aniq zarba yöllab, farğonaliklarga yana ustunlik keltirdi va g‘alaba deyarli taʼminlangandek edi. Afsuski, sönggi soniyalarda eronliklar yana bir bor vaziyatdan foydalanib, muvozanatni tikladi.
Uşbu natijadan söng Farğona jamoasi guruh bosqichida 4 oçko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 10-pog‘onasini band etib turibdi. «Neftçi» navbatdagi tur uchrashuvini joriy yilning 23-noyabr kuni o‘z maydonida Saudiya Arabistonining qudratli «Al-Hilol» klubiga qarşi ötkazishi rejalashtirilgan.
Source: kun.uz