Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Poytaxtning Shayxontohur tuman jinoyat ishlari suvida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holati yuzasidan sud ishi ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi sifatida 24 yoshli M.K. ishtirok etib, u o‘z qo‘shnisining uy hayvoniga nisbatan zo‘ravonlik ishlatganlikda aybdor deb topildi. Mazkur holat jamiyatda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, hayvonlar huquqlarini himoya qilish masalasini yana bir bor dolzarb qilib qo‘ydi.

Ish materiallariga ko‘ra, mast holatda bo‘lgan erkak ko‘p qavatli uyning yo‘lakchasida qo‘shnisining mushugini ushlab olgan. Shundan so‘ng u behayo va shafqatsiz harakatlarni sodir etib, jonivorning panjasini burab, uni bo‘g‘ishga harakat qilgan. Jabrlangan mushuk xususiy veterinariya klinikalaridan biriga olib borilganda, mutaxassislar uning chap old panjasida yoriq (treshtina) borligini aniqlashgan.

Sud majlisida ayblanuvchi M.K. o‘z vajlarini keltirib, go‘yo mushuk bilan video olmoqchi bo‘lganini, biroq unga ziyon yetkazish niyati bo‘lmaganini da'vo qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, spirtli ichimlik ta'sirida mast bo‘lgani bois hayvonni jarohatlaganini sezmay qolgan. Shuningdek, u qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirib, bunday holat qayta takrorlanmasligiga ishontirdi va suddan yengillik berishni so‘radi.

Biroq sud hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish jamiyat axloqiga va qonunchiligiga zid ekanligini inobatga oldi. O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismiga asosan, huquqbuzar M.K.ga nisbatan 7 sutka muddatga ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Source: uznews.uz