Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Vazirlar Mahkamasi tomonidan aholiga suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berish bo'yicha bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan qaror qabul qilindi. Ushbu o'zgarishlar respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida yo'lga qo'yilayotgan bo'lib, energiya resurslari taqsimotini tartibga solishga qaratilgan.

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, mamlakatdagi suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi o'zgarmoqda. Xususan, respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan suyultirilgan gaz faqat fond birjalari orqali sotilishi belgilandi. Bu esa taqsimot jarayonida shaffoflikni ta'minlashi kutilmoqda.

Aholini imtiyozli narxlarda gaz bilan ta'minlash maqsadida «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyati ta'sischiligida maxsus korxona tashkil etildi. Joriy yilning 15-noyabridan boshlab aholi uchun suyultirilgan gazning chakana narxi qo'shilgan qiymat solig'i bilan birga bir kilogramm uchun 5 000 so'mni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo'llab-quvvatlash uchun respublika byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibi tasdiqlandi. Ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda boshqa mezonlarga javob beradigan oilalarga 2030-yilning boshigacha kompensatsiya to'lovlari berilishi ko'zda tutilgan.

Source: uznews.uz