Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida o'tkazilgan matbuot anjumanida poytaxt transport tizimining kelgusidagi rivojlanish rejalari e'lon qilindi. Unga ko'ra, 2030 yilga kelib Toshkent metropoliteni o'zbekistonliklar va poytaxt mehmonlari uchun yanada qulay va keng qamrovli bo'lishi kutilmoqda. Rejalashtirilgan loyihalarga muvofiq, metrodagi bekatlar soni hozirgi 50 tadan 79 taga yetkazilishi ko'zda tutilgan.

Shuningdek, metropoliten liniyalarining umumiy uzunligi ham sezilarli darajada oshib, 103 kilometrni tashkil etishi rejalashtirilgan. Mutasaddilarning ta'kidlashicha, ushbu kengayish jarayonida kunlik yo'lovchi oqimi 1,8 million kishiga yetkaziladi. Hozirgi kunda bu ko'rsatkich kuniga 1,2 million nafardan ortiq yo'lovchini tashkil qilmoqda.

Poytaxt aholisining soni ortib borayotgani, yangi turar-joy massivlari va sanoat zonalari bunyod etilayotgani shahar transport infratuzilmasiga qo'shimcha talablarni qo'ymoqda. Shu sababli poytaxt hokimiyati va tegishli idoralar harakat intervallarini 2-3 daqiqagacha qisqartirish, harakat tarkibini yangilash hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish choralarini ko'rmoqda.

Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, so'nggi yillarda metroni rivojlantirish yo'lida sezilarli qadamlar tashlandi. Xususan, oxirgi yetti yil mobaynida 21 ta yangi bekat foydalanishga topshirilib, tarmoq uzunligi 33 kilometrga uzaydi va kunlik yo'lovchilar oqimi 2021 yildagi 280-300 ming nafardan bugungi kunga kelib bir necha barobar oshdi.

Source: podrobno.uz