Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida 2010-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan o‘quvchi YPX inspektorini urib ketdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati bu haqda xabar berdi.

Voqea 25-fevral kuni soat 21:46 da Mirobod tumani Mirobod ko‘chasida sodir bo‘ldi. 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 avtomashinasini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib ketayotganda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorini urib yubordi.

YPX inspektori tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Avvalroq Namanganda ikki holatda Onix mashinalari tomonidan YPX hodimlari urilib, halok bo‘lgan edi.

Source: www.gazeta.uz