Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 1989-yildan beri birinchi marta o‘tkazilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini umumiy ro‘yxatga olish jarayoni yakuniga yetyapti. Ma’lumotlar yig‘ish ikki bosqichda amalga oshirildi: birinchi bosqichda 15-31 yanvar kunlari fuqarolar onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniga ega bo‘ldi, ikkinchi bosqich esa 4-fevraldan boshlab mahalla yettiligi vakillari tomonidan uyma-uy yurish orqali olib borilmoqda.

Gazeta Chilonzor tumanidagi “Tirsakobod” va “Xirmontepa” mahallalarida ro‘yxatga oluvchilarning ish jarayonini kuzatdi. Tirsakobod mahallasida ro‘yxatga oluvchilar har kuni ertalab mahalla qo‘mitasida yig‘ilib, o‘tgan kungi ishlar yuzasidan hisobot berishadi. Mahalla raisi Mo‘minjon Egamberdiyevning aytishicha, 6660 nafar aholining deyarli barchasi ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan, faqat mustaqil o‘ta olmagan pensionerlar qolgan.

Yoshlar yetakchisi Lobar Norqo‘ziyeva ta’kidlashicha, ro‘yxatga oluvchilar uchun asosiy qiyinchilik fuqarolarning ishonchsizligi bo‘ldi. Ba’zilar pasportlarini ko‘rsatishdan bosh tortgan yoki firibgarlardan xavfsiragan. Bunday hollarda xodimlar rasmiy beydjini va videomateriallarni ko‘rsatib, maqsadlarni tushuntirishgan.

Ro‘yxatga olish jarayonida ijtimoiy muammolar ham aniqlangan. Masalan, Tirsakobod mahallasida yolg‘iz yashaydigan keksa erkak ro‘yxatda qayd etilmagan ekan, uning holati o‘rganilib, yolg‘iz keksalar ro‘yxatiga kiritilgan va yordam olgan.

Xirmontepa mahallasida esa mahalla raisi A’zam Mavlonov ro‘yxatga olishni “mahalla yettiligi”ga ishonch bildirilgan muhim vazifa sifatida baholadi. Mahalla qo‘mitasi xodimlarida aholining deyarli 100 foizi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud, bu jarayonni osonlashtiradi.

Source: www.gazeta.uz