Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyi boshida ob-havo bahoriy beqaror bo‘lishi kutilmoqda. Bahorning birinchi kunida aksariyat viloyatlarda havo harorati +12…+17 daraja bo‘lgan quruq ob-havo kuzatiladi.

2-martdan boshlab respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Oyning birinchi o‘n kunligi oxirigacha yog‘ingarchilik davriy bo‘lib, tekisliklarda tanaffus bilan yomg‘ir, tog‘larda esa yomg‘ir va qor yog‘adi. Bu davrda harorat +10…+15 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda, ayrim kunlarda +6…+9 darajagacha pasayishi mumkin.

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari +3…+8 darajadan +8…+13 darajagacha, kunduzlari esa +12…+17 darajadan +23…+28 darajagacha o‘zgarib turadi. Iliq davrlar uzoqroq, sovuq davrlar qisqa bo‘ladi.

Mart oyida o‘rtacha harorat fevralga nisbatan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi. Eng iliq kunlarda, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida, harorat +23…+33 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. So‘nggi yillarda mart oylari sezilarli darajada iliqlashdi, lekin o‘zgaruvchan ob-havo xususiyati saqlanib qolgan.

Mart yilning eng yog‘inli oylaridan biri hisoblanadi. O‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori 10-125 mm oralig‘ida bo‘lib, tog‘li hududlarda ko‘proq, cho‘l zonasida kamroq yog‘adi. So‘nggi yillarda 2022-yil mart oyi eng yog‘inli bo‘lib, ayrim hududlarda meyordan 400-450% ko‘p yog‘ingarchilik qayd etilgan.

Source: www.gazeta.uz