Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi Maxmud Xolbutayev pora olishda ayblanib, 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma'lumot berishicha, Zomin tuman sudi Xolbutayevni Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo'yicha aybli topdi.
2025-yil iyun oyida Xolbutayev hokimlik bosh mutaxassisi N.I. bilan birga tadbirkordan $30 ming pora olgani uchun qo'lga olingan edi. Bosh mutaxassis N.I. maktab qurish uchun ajratilgan yerda ko'p qavatli uy qurishga ruxsat berish evaziga pul talab qilgan, so'ngra $10 mingni Xolbutayevga bergan. Hokimiyat binosi oldida pul uzatilayotganda DXX xodimlari tomonidan ushlangan.
Sud hukmi bilan Xolbutayevga 11 yil ozodlikdan mahrum qilish, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish va jarima jazosi tayinlandi. Bosh mutaxassis N.I. 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Hukm umumiy tartibli koloniyalarda o'taladi.
Source: www.gazeta.uz