Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainaga bosqinining to‘rt yilligi munosabati bilan "Ukrainada barqaror tinchlikni qo‘llab-quvvatlash" rezolyutsiyasini qabul qildi. 24-fevral kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda 107 davlat rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, 12 davlat qarshi chiqdi, 51 davlat esa betaraf qoldi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston betaraf davlatlar qatoriga kirdi.

Rezolyutsiya o‘t ochishni to‘xtatish, harbiy asirlarni almashish va tinch aholini qaytarishga chaqiradi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga hujjatni olqishladi.

AQSh rezolyutsiyaning ba’zi bandlari bo‘yicha alohida ovoz berishni taklif qildi, ammo bu qo‘llab-quvvatlanmadi. Shundan so‘ng AQSh betaraf qoldi. Rossiya vakili Vasiliy Nebenzya G‘arb davlatlari mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi.

Hisobotlarga ko‘ra, Ukrainani qayta tiklash uchun keyingi o‘n yil davomida 588 milliard dollar mablag‘ talab etiladi.

Source: www.gazeta.uz