Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida xorijiy investorlar bilan hamkorlikdagi loyihalar taqdimotida qatnashdi. Uy-joy, tog‘-kon, yengil sanoat, oziq-ovqat, energetika, sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm sohalarida yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.

1,6 mlrd dollarlik loyihalar Rossiya, Xitoy, Turkiya, Pokiston, Yaponiya, Germaniya, Hindiston va Mo‘g‘uliston bilan amalga oshiriladi. Prezident investorlar bilan suhbatlashdi.

Keyin 7,1 mlrd dollarlik 44 ta loyiha ishga tushirildi. Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, tog‘-kon, yengil sanoat, mebelsozlik, oziq-ovqat, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarida yangi loyihalarni boshladi.

Xitoy, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va mahalliy investorlar ishtirokida 741 mln dollarlik 13 ta loyiha ishga tushirildi.

Avstriya, Germaniya, Niderlandiya, Xitoy, Hindiston, BAA, Rossiya va Afg‘oniston bilan hamkorlikda 6,3 mlrd dollarlik 31 ta loyiha qurilishi boshlandi.

Loyihalar 18 ming yangi ish o‘rni yaratadi, 82 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi va 1,4 mlrd dollarlik eksport imkoniyatini beradi.

Source: www.gazeta.uz