Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Real Sanjik (Sanjar Karimov) ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisida uning uyida tintuv o‘tkazgan IIB tezkor xodimlari so‘roq qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, tezkor xodimlardan biri Karimovning uyidan unga tegishli narsani yashirincha olib chiqib, o‘z mashinasiga qo‘ygan. Karimovni narkologik tekshiruvga olib ketish chog‘ida u o‘z narsasini tanigan.

Sudda tezkor xodim bu faktni tan oldi va “qo‘lida o‘ynab, tasodifan olib chiqib ketganini” aytdi. Karimov undan: “Narkologiyaga ketayotganda mashinangizda mening brendimdagi narsani ko‘rganimni qanday izohlaysiz?” deb so‘radi.

“Ha, unutibman, to‘g‘ri. U yerda briok bor edi. Men uni qo‘limda o‘ynab, olib chiqdim. Biz birga narkologiyaga ketayotgandik. Men sizdan ‘qarshiligingiz yo‘qmi?’ deb so‘radim. Siz ‘roziman’ deb javob berdingiz”, — dedi tezkor xodim.

Karimovning so‘zlariga ko‘ra, uning qimmatbaho soatlari bo‘lgan va u barcha qimmatbaho narsalar joyida qolganiga shubha bildirdi. “Barcha qimmatbaho narsalar o‘sha yerda qolganiga va hech kim ularga tegmagani kafolat bera olasizmi?” — deb so‘radi u IIB xodimidan.

Tezkor xodim faqat o‘zi olib ketgan narsa uchun javob berishi mumkinligini aytdi.

Source: kun.uz