Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yakshanba kuni Andijon viloyatidagi “Bog‘ishamol” dam olish zonasida (Z.M. Bobur nomidagi park) attraksionning zanjiri uzilib, odamlar bilan birga yerga qulagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda attraksionning yerda yotgan qismlari aks etgan videolar tarqaldi. Guvohlarning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa natijasida kamida yetti kishi jarohat olgan.

Tarmoqlarda attraksionlardan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqiruvlar e’lon qilinib, ularning ko‘pchiligi tekshiruvdan o‘tmaganligi ta’kidlanmoqda.

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (FVB) 26 aprel kuni park hududida attraksionning metall konstruksiyasi sinib ketganini tasdiqladi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa natijasida “ikki fuqaro yengil tan jarohati olgan, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan”.

Andijon viloyati FVB hodisa sabablari haqida ma’lumot bermagan.

Source: kun.uz