Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil oynalarini qoraytirish uchun ruxsatnoma narxi 412 ming so‘mga tushgani haqida ma’lumot tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) ushbu xabarlarni rasman rad etdi.

YHXX tomonidan e’lon qilingan videoda ruxsatnoma olish tartibi va narxi o‘zgarishsiz qolgani ta’kidlanadi. Tarmoqlarda tarqatilayotgan xizmat narxining 1 BHMga keskin arzonlashuvi haqidagi ma’lumotlar soxta ekani bildirilgan.

YHXX eslatishicha, ruxsatnoma olish tartibi va narxi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-iyuldagi qarori bilan tartibga solinadi. Hujjatga ko‘ra, oldingi yon oynalarni qoraytirish narxi 8 BHMni (hozirda 3,2 million so‘m) tashkil etadi. Orqa yon oynalarni qoraytirish uchun esa ruxsatnoma talab qilinmaydi.

Xizmat fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali kanallarga ishonmaslikka, ma’lumotlarni rasmiy manbalardan tekshirishga va yolg‘on xabarlarni tarqatmaslikka chaqiradi.

Source: podrobno.uz