Toshkent viloyati Pskent tumanida suv ta'minotini yaxshilash loyihasi bilan bog‘liq yirik korrupsiya sxemasi ochiqlandi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.
Tekshiruv Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi va “O‘zsuvta’minot” kompaniyasi komplayens xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazildi. Nazorat o‘lchovlari “Guliston” mahallasidagi “Sag‘anak” suv inshootida amalga oshirildi.
Aniqlanishicha, Pskent tuman suv ta’minoti filiali rahbari boshqa amaldorlar bilan jinoiy til biriktirgan. Natijada, umumiy qiymati 3 milliard 931,2 million so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 14,8 ming metr suv quvurlari o‘g‘irlanib, o‘zlashtirilgan. Zarar miqdori 3 milliard 78,4 million so‘mni tashkil etadi.
Ushbu fakt yuzasidan Toshkent viloyati Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘ta katta miqdordagi o‘g‘irlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Idoralar korrupsiyaga qarshi kurash har qanday huquqbuzarlik uchun jazosiz qoldirmaslik tamoyili asosida davom ettirilishini ta’kidladi. Fuqarolarni korrupsiya faktlari haqida Agentlikning 1253 raqamli call-markazi orqali xabar berishga chaqirishdi.
Source: podrobno.uz