13131 raqamidan keladigan bitta SMS xabar narxi avvalgidek 84,2 so‘mni tashkil etadi. Avvalroq 1 maydan boshlab narx 168,4 so‘mgacha oshishi haqida xabar berilgan edi.
Kontent-provayder Octotelecom Humo kartalari bo‘yicha 13131 raqamidan SMS-xabarlar narxini 1 maydan boshlab 168,4 so‘mgacha oshirishni rejalashtirgan edi. Bu esa iste’molchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng Humo to‘lov tizimi operatori – Millatlararo Milliy Protsessing Markazi narx avvalgi darajada qolishini e’lon qildi.
Kompaniya Octotelecom’ga rasmiy xat yo‘llab, foydalanuvchilarning murojaatlari va xizmatning ahamiyatini hisobga olgan holda amaldagi tarifni saqlab qolishni so‘radi. Qo‘shimcha tahlillar natijasida tarifni o‘zgartirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
“Qo‘shimcha tahlillar va Octotelecom bilan konstruktiv muloqot natijasida amaldagi tarifni saqlab qolishga qaror qilindi. 2026 yil 1 maydan boshlab 13131 raqamidan keladigan bitta SMS xabar narxi o‘zgarmaydi va 84,2 so‘mni tashkil etadi”, deyiladi xabarda.
Source: kun.uz