Samarqand viloyatining Payariq tumanida bir fuqaro noqonuniy ravishda mevali daraxtni ildizi bilan sug‘urib tashlagani uchun javobgarlikka tortildi. Unga ko‘p millionli jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun tovon puli belgilandi.
Tekshiruvga sabab bo‘lgan narsa — Payariq tumanidagi “Istiqlol” mahallasida daraxtlarni sug‘urib tashlash haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar edi. Tuman ekologiya bo‘limi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga borib, qoidabuzarlik faktini tasdiqladilar.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro uy-joy qurilishi uchun yer maydonini tekislash chog‘ida bitta mevali daraxtni ildizi bilan sug‘urib tashlagan.
Ushbu fakt bo‘yicha qoidabuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasiga asosan ish qo‘zg‘atildi. Unga 25 BHM miqdorida — 10 million so‘mdan ortiq jarima tayinlandi. Bundan tashqari, u o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni — 1,2 million so‘mdan ortiq to‘lashi kerak. Natijada qoidabuzar 11,5 million so‘mdan ortiq to‘lovni amalga oshirishi lozim.
Avvalroq Buxoro viloyatidagi sud kompaniyani 154 ta qimmatbaho daraxtni noqonuniy kesgani uchun 1,3 milliard so‘mdan ortiq to‘lashga majbur qilgan edi.
Source: podrobno.uz