Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent viloyati IIB matbuot kotibi Bobur To‘laganovning ma’lumotiga ko‘ra, voqea 25 aprel kuni soat 01:00 atrofida “Kaplanbek” postida sodir bo‘lgan. 37 yoshli erkak 33 yoshli yuk tashuvchi bilan to‘rt sumkani post orqali o‘tkazish uchun 500 ming so‘mga kelishgan.

Ish tugagach, yuk tashuvchi qo‘shimcha 100 ming so‘m talab qilgan va bu tomonlar o‘rtasida janjalga sabab bo‘lgan. Janjal davomida u o‘zini “hududni nazorat qiluvchi shaxs” deb atab, buyurtmachini haqorat qilgan.

Toshkent tumani ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Janjal chiqargan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bo‘yicha materiallar rasmiylashtirilgan.

Sud unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Source: podrobno.uz