Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Surxondaryo viloyatida noqonuniy baliq ovlash fakti aniqlandi. Viloyat ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda Jarko‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv ombori hududida bir fuqaro taqiqlangan vosita – monofilament to‘ridan foydalanib baliq ovlayotgani aniqlangan.

Hodisa 9 aprel kuni sodir bo‘lgan. Mahalliy baliqchilar qoidabuzarni payqab, uning harakatlarini to‘xtatishga uringan. Tekshiruv davomida qoidabuzar Jarko‘rg‘on tumani “G‘ur-g‘ur” mahallasida yashovchi fuqaro ekani ma’lum bo‘lgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, qoidabuzarning ovlagan baliqlari orasida O‘zbekistonning muhofaza qilinadigan bioresurslari ro‘yxatiga kiritilgan Cyprinus carpio linnaeus turi ham bo‘lgan.

Ekologik ekspertiza natijalariga ko‘ra, yetkazilgan zarar 78 million so‘mdan oshgan. Hozirda ish materiallari huquqiy baho berish uchun prokuraturaga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirzacho‘l kanalida elektrod bilan baliq ovlash fakti aniqlanib, zarar 733 million so‘mdan oshgan edi.

Source: podrobno.uz