Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

2025-yil 22-oktabrga o‘tar kechasi 33 yoshli D.K. ismli erkak Kamchik dovonidagi do‘konga miltiq bilan bostirib kirgan. U do‘kon sotuvchisi Sh.N.ning boshiga miltiqning dastasi bilan urgan, so‘ngra peshtaxtadan oshib o‘tib, uni kaltaklagan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, D.K. avvaldan tanish bo‘lgan sotuvchi Sh.N.ga o‘lim bilan qo‘rqitib, uning boshiga miltiq dastasi bilan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

Sudda D.K. qisman aybini tan olib, o‘ldirish niyati yo‘qligini aytgan. U Rossiyada ishlab, ayolga uy sotib olish uchun pul yuborgan, keyin qaytarib talab qilgan. U miltiqni itlarni otish uchun olgan, yo‘lda do‘konga kirishga qaror qilgan. Sotuvchi uni tinglamagach, miltiq bilan urgan.

Jabrlanuvchi Sh.N. D.K. Rossiyadan pul yuborganini, ammo bir qismini uning do‘sti olganini, qolganini D.K. asta-sekin qaytarib olganini aytgan. Shundan so‘ng ular o‘rtasida janjal boshlangan va erkak bir necha bor uni miltiq bilan otib o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

2026-yil 1-aprelda O‘rxonobod tuman sudining hukmi bilan D.K. Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi (O‘ldirish bilan qo‘rqitish yoki zo‘ravonlik ishlatish) va 277-moddasi 3-qismi “b” bandi (Bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topilib, 4 yil 3 oy muddatga koloniya-posyolkada ozodlikdan mahrum etilgan.

Avvalroq, Kamchik dovonidagi do‘konga miltiq bilan bostirib kirgan erkak sotuvchini urib, tezda qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Source: kun.uz