Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Transport vazirligi 3-maydan boshlab Toshkent – Xiva – Toshkent yo‘nalishida “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi ishga tushirilishini ma’lum qildi.

Poyezd yo‘lovchilarni 7 soat 30 daqiqada manzilga yetkazadi. Chipta narxi 780 ming so‘m etib belgilangan.

Jo‘nash kunlari: Toshkentdan Xivaga – seshanba, payshanba, shanba; Xivadan Toshkentga – chorshanba, juma, yakshanba.

Jadvalga ko‘ra, Toshkent (Markaziy vokzal) dan 07:00 da jo‘nab, 14:31 da Xivaga yetib boradi. Xivadan esa 07:20 da jo‘nab, 14:51 da Toshkentga qaytadi.

Birinchi reyslar: 3-may – Toshkentdan, 4-may – Xivadan amalga oshiriladi.

Chiptalarni temiryo‘l kassalarida yoki eticket.railway.uz sayti orqali onlayn xarid qilish mumkin.

Source: kun.uz