Toshkent metropoliteni yerusti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati jadvali yangilandi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
1-maydan boshlab ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati ertalab soat 05:00 da boshlanadi va kechqurun 23:00 gacha davom etadi. Ilgari poyezdlar soat 06:00 dan harakatga chiqqan edi.
Yangi tartib yo‘lovchilar oqimini yanada qulay boshqarish va xizmat sifatini yaxshilash maqsadida joriy etilgan. Metropoliten rahbariyati bu o‘zgarish yo‘lovchilarning erta tongdagi va kechki vaqtlardagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshirilganini ta’kidlamoqda.
Ma’lumot uchun, metropolitenning Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishlarida poyezdlar harakati avvalgi tartibda, soat 05:00 dan 00:00 gacha amalga oshiriladi.
Source: www.gazeta.uz