29-aprel kuni Sirdaryo viloyati, Shirin shahrida og‘ir jinoyat sodir bo‘ldi. 29 yoshli N.X. ismli ayol, diniy nikoh asosida birga yashayotgan erkakning qonuniy rafiqasi M.S.ning uyiga bostirib kirib, unga va ikki qiziga (5 va 3 yosh) pichoq bilan bir necha marta zarba bergan.
Hodisa oqibatida M.S. va uning 5 yoshli qizi voqea joyida vafot etgan. 3 yoshli qizcha og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Gumonlanuvchi voqea sodir etgach, yashiringan, biroq keyinchalik qo‘lga olingan.
Marhumaning otasi ma’lum qilishicha, qizi Toshkent viloyati, Bekobod shahridan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i Sirdaryoda istiqomat qilgan. Uning to‘rt nafar farzandi bor edi: 8 yoshli o‘g‘li va 20 kunlik chaqaloq. Ota qolgan bolalarni qarindoshlariga topshirishni so‘ramoqda.
Marhumaning jiyani voqeani tasvirlab, xola uyda kir yuvayotganida hujumga uchraganini, qizlari uning faryodiga yugurib chiqib, ular ham pichoqlanganini aytgan.
Bosh prokuror matbuot kotibi hodisani tasdiqladi. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, v, j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Source: kun.uz