2019-yilda Gretsiyada hokimiyatga kelgan konservativ “Yangi Demokratiya” partiyasi iqtisodiy o‘sish va turmush darajasini oshirishni va’da qilgan edi. Biroq, besh yil o‘tib, greklarning yillik maoshi Yevropa Ittifoqida eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qoldi.
Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-2024 yillarda Gretsiyada o‘rtacha ish haqi Yevropa Ittifoqi o‘rtacha ko‘rsatkichining 65,5 foizidan atigi 68,5 foiziga ko‘tarilgan. Shu bilan birga, Bolgariya kabi Sharqiy Yevropa davlatlari Gretsiyani ortda qoldirib, o‘sish sur’atlarini oshirgan.
Hukumat eng kam ish haqini 920 yevroga, o‘rtacha oylik maoshni esa 1516 yevroga oshirganini e’lon qildi. Biroq, real ko‘rsatkichlar boshqacha: inflyatsiya maosh o‘sishidan ancha yuqori bo‘lib, xarid qobiliyati pasaygan. Sobiq mehnat vaziri Efi Achtsioglu bu holatni “inflyatsiya maoshlardan tezroq oshayotgani” bilan izohladi.
Gretsiyada jamoaviy mehnat shartnomalari bilan qamrab olingan ishchilar ulushi 20 foizdan pastga tushgan, Yevropa Ittifoqi esa 80 foizni talab qiladi. Bu esa ish haqi va mehnat sharoitlarining yomonlashishiga olib kelgan.
Mehnat xavfsizligi masalasi ham jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda 51 kishi ishlab chiqarishda halok bo‘lgan, ammo mustaqil kasaba uyushmalari bu raqamni 179 deb baholaydi. 2023 yil esa 201 o‘lim bilan rekord o‘rnatgan.
Hukumat 2023 yilda bir ish beruvchida kuniga 13 soatgacha ishlashga ruxsat beruvchi qonun qabul qildi. Mutaxassislarning fikricha, bu ish o‘limlari sonini yanada oshirishi mumkin. Migrant ishchilar esa xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasligi tufayli ko‘proq xavf ostida.
Source: www.aljazeera.com