Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha may oyining birinchi kunlarida bahoriy ob-havo kuzatiladi. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro viloyati va Navoiy viloyati janubida esa asosiy yomg‘irlar 1-may kuni yog‘adi, 2-3-may kunlari esa faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

1-may kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Juma kuni (1-may) havo harorati asosan +27…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari (2-3-may) esa harorat +22…+25 darajagacha pasayadi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda juma kuni eng salqin +20…+23 daraja bo‘lishi kutilmoqda, yakshanba kuniga borib esa havo +27…+30 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 1-3-may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida juma kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +28…+30 daraja bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechalari harorat +13…+15 daraja, kunduz kunlari +22…+24 daraja bo‘ladi.

1-2-may kunlari shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, bugun kunduzi shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Source: www.gazeta.uz