Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 3-4 may kunlari ayrim joylarda yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilsa, 5-6 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharq shamoli 7-12 m/s, 5 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda changli to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat 3-4 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°, 5-6 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° gacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharq shamoli 7-12 m/s. Harorat 3-4 mayda kechasi 13-18°, 5-6 mayda 15-20°, kunduzi 3 mayda 25-30°, 4-6 mayda 32-37° gacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-4 mayda ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 5-6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharq shamoli 7-12 m/s. Harorat kechasi 3-5 mayda 13-18°, 6 mayda 15-20°, kunduzi 3 mayda 20-25°, 4-6 mayda 28-33° gacha ko‘tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-4 mayda ayrim joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 5-6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharq shamoli 7-12 m/s. Harorat kechasi 3-5 mayda 14-19°, 6 mayda 15-20°, kunduzi 3 mayda 24-29°, 4-6 mayda 33-38° gacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-5 mayda yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharq shamoli 5-10 m/s. Harorat kechasi 3 mayda 15-20°, 4-6 mayda 13-18°, kunduzi 3 mayda 20-25°, 4-6 mayda 28-33° gacha ko‘tariladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharq shamoli 7-12 m/s. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 3-4 mayda 12-17°, 5-6 mayda 17-22° gacha ko‘tariladi.

Source: kun.uz