Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent xalqaro aeroportiga 1 may kuni AQShdan charter reysi qo‘ndi. Bortda 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, ular Amerika migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan.

Vatandoshlarni qaytarish ikki davlat vakolatli organlari hamkorligida amalga oshirildi. Tomonlar fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va tashish masalalarini kelishib oldi.

O‘zbekiston xorijdagi hamkorlar bilan migratsiya masalalari, jumladan, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishni davom ettirmoqda.

Avvalroq Interpol orqali xalqaro operativ tadbirlar doirasida og‘ir jinoyatlar sodir etgan ikki nafar qidiruvdagi fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan edi. Ulardan biri Bahrayndan ekstraditsiya qilingan, ikkinchisi esa AQShdan deportatsiya qilingan.

Source: podrobno.uz