Farg‘ona viloyatida o‘z rafiqasi va voyaga yetmagan qizini shafqatsizlarcha o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi chiqarildi. Sud uni aybli deb topib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, voqea 2025-yil 3-noyabr kuni soat 18:00 atrofida O‘zbekiston tumanidagi rafiqasining otasi uyida sodir bo‘lgan. Erkak aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingan edi va shu kuni ozodlikka chiqqan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, er-xotin o‘rtasida aliment majburiyatlari yuzasidan janjal kelib chiqqan. Janjal chog‘ida erkak o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan xotiniga zarba bergan. Jinoyat bolalar ko‘z o‘ngida sodir etilgan. Shundan so‘ng u o‘sha paytda ikki yoshli qiziga ham pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Olgan jarohatlari natijasida ona va bola vafot etgan. Jinoyat sodir etilgach, erkak voqea joyidan yashiringan, biroq tez orada huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan.
Sud uni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi ("Ikki va undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish") bo‘yicha aybli deb topib, 19 yil muddatga umumiy rejimdagi koloniyada o‘tash bilan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Source: podrobno.uz