Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2-may kuni soat 21:35 atrofida “G‘afur G‘ulom” bekatida yo‘lovchi ayol ehtiyotsizlik oqibatida poyezd yo‘liga tushib ketgan.

Bekatga 40-sonli harakat tarkibi kirib kelayotgan paytda sodir bo‘lgan ushbu hodisada mashinist tezkor va aniq harakat qilib, poyezdni zudlik bilan to‘xtatgan va xavfsizlik choralariga to‘liq rioya etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol jiddiy tan jarohati olmagan. Voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam xodimlari uni ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketishgan.

Metropoliten ma’murlarining ta’kidlashicha, hodisa metro harakati jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan va barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlangan.

Source: www.gazeta.uz