Qoraqalpog‘istonning bir tumanida kadastr agentligi hududiy bo‘limi rahbari 2 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs 39 yoshli fuqaroga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va binoga egalik huquqini tan olishda yordam berishni va’da qilgani aniqlangan. Gap 132 kvadrat metr maydondagi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilgan bino haqida ketmoqda.
Qizig‘i shundaki, ushbu bino 2024-yildagi sud qarori bilan majburiy buzilishi kerak edi, biroq kadastr rahbari uni qonunni chetlab o‘tib, qonuniylashtirishni rejalashtirgan.
Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. DXX fuqarolarni bunday tovlamachilik holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqiradi va to‘liq maxfiylikni kafolatlaydi.
Source: podrobno.uz