Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni shanba kuniga to‘g‘ri kelishi sababli, dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda prezidentning 2026-yilda rasmiy bayramlar paytida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash to‘g‘risidagi farmonida qayd etilgan.

Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, agar bayram kuni dam olish kuniga (shanba yoki yakshanba) to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Shu asosda, haftada 5 kun ishlaydigan fuqarolar uchun 9-may (shanba), 10-may (yakshanba) va 11-may (dushanba) kunlari dam olish kuni bo‘ladi, ya’ni uch kunlik dam olish ta’minlanadi.

Haftada 6 kun ishlaydigan fuqarolar esa faqat 9-may (shanba) va 10-may (yakshanba) kunlari dam oladi. Dushanba kuni ular uchun odatdagi ish kuni hisoblanadi. Mazkur tartib 2026-yil uchun amal qiladi.

Source: www.gazeta.uz